Buyuk Britaniyaning Nortgempton shahri politsiyasi mahalliy do’konlardan biridan 2 metrlik jalyuzini o’g’irlab ketmoqchi bo’lgan kimsani qidirmoqda. Voqea 16 oktabrda yuz bergan.

«Erkak do’konga kirib, kiyimi ostiga jalyuzini yashirib chiqib ketgan», deb ma`lum qilindi mahalliy politsiyada.

Biroq o’g’rining ketidan do’kon egalari quvlay boshlashganda u jalyuzini uloqtirib qochib ketgan.

«Oqibatda jalyuziga shikast yetgan», deyildi xabarda.

Politsiya o’g’rining suratini chop etib, u haqida istalgan ma`lumot berishni iltimos qilgan.

manba: Kun.uz

ULASHISH