Buyuk Britaniya erk partiyasi sobiq rahbari Naydjel Faradj AQSH rahbari lavozimiga Donald Tramp kelgach dunyoni qanday o‘zgarishlar kutib turganini aytib o‘tdi. Uning fikricha Tramp demokratlar amalga oshirgan “ahmoqliklarga” yo‘l qo‘ymaydi, deb yozadi RT.

«Bizni bu urushlarga Liberallar aralashtirdilar. Bu Hillari. Siz Donald Tramp bilan dunyo xavfsizroq bo‘ladi deyapsiz. Lekin hammasi boshqacha. Birinchidan u harbiy yurishlarning tarafdori emas”, — dedi Faradj. Bu haqda tvzvezda.ru xabar berdi.
Buyuk Britaniya erk partiyasi sobiq rahbari Tramp demokratlar amalga oshirgan, natijada terror tashkilot ISHIDning Rossiya va boshqa mamlakatlarda mustahkamlanishiga olib kelgan “ahmoqliklar“ga yo‘l qo‘ymas va Rossiyaga, shuningdek uning rahbari Vladimir Putinga bunday munosabatda bo‘lmagan bo‘lar edi, deb qo‘shimcha qildi.

ULASHISH