2020-yilda birinchi bora o‘tkaziladigan Butun dunyo robotlar sammitini o‘tkazish uchun Yaponiyaning Ayti va Fukusima prefekturalari tanlandi. Buni Yaponiya iqtisod, savdo va ishlab chiqarish vaziri Hirosige Seko e’lon qildi, — deb yozadi tass.ru.

Yaponiyada bo‘lib o‘tadigan sammitda dunyoning 10-20 mamlakati institut guruhlari, tadqiqot markazlari va kompaniya vakillari o‘z ishlanmalari bilan ishtirok etishlari kutilmoqda. Sammit bir necha seksiyalarga bo‘lingan holda o‘tkaziladi. Ishlab chiqarish yo‘nalishidagi seksiya Yaponiyaning ishlab chiqarish markazlaridan biri bo‘lgan Aytida o‘tkaziladi. Tabiiy ofatlarga qarshi kurashishga bag‘ishlangan forum esa butun Fukusima prefekturasi singari kuchi zilzila va sunamiydan, shuningdek 2011-yildagi «Fukusima-1» AES halokatidan zarar ko‘rgan Minamisom shahrida o‘tkaziladi.

Yaponiyada Butun dunyo robotlar sammiti o‘tkazish haqidagi qarorni Xirosige Seko 4-oktabrda e’lon qilgan edi. «Biz butun dunyodagi eng yaxshi robotlarni va bu sohadagi eng yaxshi g‘oyalarni bir joyga yig‘ishga umid qilyapmiz”, — degan edi u. Uning fikricha marosim sun’iy intellektli yangi texnologiyalarni, birinchi navbatda ishlab chiqarish va kundalik hayotda foydalaniladigan robotlarni ishlab chiqishga turtki berishi kerak.

ULASHISH