Burgut Saudi Arabian Airlines layneri qanotini teshib, parvozga yaroqsiz holga keltirdi

Saudi Arabian Airlines aviakompaniyasi layneri qanotiga parvoz chog‘i qush kelib urildi. Buni havo kemasi qo‘nganidan keyingina payqaldi, deya xabar beradi Daily Mail.

3aaf5c0e00000578-3964398-image-m-51_1479906124812

Airbus A333 shikastlangani Jidda aeroportiga qo‘nganidan so‘ng aniqlandi. Samolyotni mamlakat poytaxti Ar-Riyodga parvozga tayyorlash chog‘ida uchuvchilardan biri laynerning chap qanotini qush teshib o‘tganini ko‘rib qoldi. Burgut bo‘lib chiqqan o‘lik qush o‘zi sababchi bo‘lgan teshikka tiqilib qolgandi.

burgut-saudi-arabi-airlines-450x600

Natijada reysni 3 soatga kechiktirishga to‘g‘ri keldi. Yo‘lovchilar manzilga zaxira samolyoti bilan jo‘natildi. Mutaxassislar shikastlangan havo kemasi ta’miriga kirishdi.

manba: Daryo.uz

ULASHISH