interfax.ru erta tongda yuz bergan voqealarning qisqacha tasnifi:

— Rossiya harbiy sudi korrupsiyada ayblanayotgan va pora olayotganda qo‘lga olingan Federal xavfsizlik xizmati generali Gennadiy Lopirevni hibsga olish haqida hukm chiqardi. General himoyasi dushanba kuni sud qaroridan shikoyat qilmoqchi.

— Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Aleksandr Turchinov Ukraina armiyasi Kerchensk tumani hududida raketa sinovlarini o‘tkazmasligini e’lon qildi. Avvalroq, Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi «Ukrainaning janubi sharqiy chegaralarni xavfli hudud deb e’lon qilishi Rossiya Federatsiyasi hududiy dengiz chegaralarini buzishini” aytib, bunga qarshi chiqqan edi.

— «Дождь» telekanali suratga olish guruhini Donetsk Xalq Respublikasidan haydab chiqarishdi. Hukumat vakillarining fikriga ko‘ra jurnalistlar media amaliyot qoidalarini buzib, provokatsion materiallar tayyorlashgan.

— Turkiya maxsus xizmati Avstraliyaning qidiruvdagi ashaddiy terroristi Nil Prakashni qo‘lga oldilar. Avstraliya mahbusning shaxsini tasdiqladi. Prakash Avstraliya hududidagi bir qancha teraktlarga tayyorgarlik ko‘rishda ishtirok etgan.

— Ukrainaning yuqori palatasi — yuqori rada deputati Nadejda Savchenko yaqinda o‘z fondini tuzishi va mustaqil siyosatchi sifatida faoliyat olib borishini e’lon qildi. Lekin u «Батькивщина» fraksiyasidan chiqishni hali rejalashtirmayapti.

ULASHISH