Vector calendar app icon. 1 December

Erta tongda dunyoda yuz bergan voqealarning qisqacha tasnifini interfax.ru keltirib o‘tdi:

— Norvegiyalik grossmeyster Magnus Karlsen shaxmat bo‘yicha jahon chempioni unvonini saqlab qoldi. Rossiyalik Sergey Karyakin bilan tay-brekda o‘tgan o‘yinda norvegiyalik to‘rt partiyadan uchinchi va to‘rtinchisida g‘alaba qozondi. Dastlabki ikki partiya durrang bilan tugagan edi. Rossiyalik shaxmatchi toj uchun kurashni 2018-yilda davom ettirishga va’da berdi. Xalqaro shaxmat federatsiyasi prezidenti Kirsan Ilyumjinov rossiyalik sportchini munosib kurashganini maqtab qo‘ydi.

— AQSh kongresi vakillik palatasi Amerika razvedka xizmatini moliyalashtirish haqidagi qonun loyihasini qabul qildi. Hujjat Rossiyaning “odamlar va hukumatga yashirin ta’sir o‘tkazishga urinish” ishlari bilan shug‘ullanuvchi maxsus idoralararo qo‘mita tashkil etishni ham ko‘zda tutadi.

— Rossiyalik vakillar BMTni Suriyadagi mo‘tadil qarshilik siyosatini tanqid ostiga oldi. Rossiya Federatsiyasining doimiy vakili Vitaliy Churkin uni omadsiz deb atadi. Fransiya, Buyuk Britaniya va AQShning Suriyadag manfaatlari mahalliy aholining ehtiyojlariga to‘g`ri kelmaydi.

— OPEK tarkibiga kirmaydigan davlatlar (Neftni eksport qiluvchi davlatlar tashkiloti,OPEC — The Organization of the Petroleum Exporting Countries) ishlab chiqarishni sutkada 600 ming barrelga kamaytirishga kelishib oldilar. Ular orasida faqat Rossiya ishlab chiqarishni 300 ming barrelgacha qisqartirishga tayyor. Kelishuvga Rossiyadan tashqari OPEK tarkibiga kirmaydigan O‘zbekiston, Qozog‘iston, Ummon ham qo‘shilishi mumkin.

— M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti BRIKS va rivojlanayotgan davlatlar oliy o‘quv yurtlari reytingida (BRICS & Emerging Economies University Rankings 2017) uchinchi o‘rinni egalladi. Ro‘yxatdan Rossiyaning 24 universiteti joy olgan.

ULASHISH