Vector calendar app icon. 2 December

Erta tongda dunyoda yuz bergan voqealarning qisqacha tasnifini interfax.ru keltirib o‘tdi:
— Fransiya prezidenti Fransua Olland keyingi prezidentlik saylovlarida kurash olib bormasligini rasman e’lon qildi. U o`z prezidentlik davrida bir qancha yaxshi ishlarni amalga oshirganini eslatib o`tishni ham unutmadi. Hozirgi vaqtda Fransiya prezidentligiga nomzodlar ro`yxatida sobiq bosh vazir Fransua Fiyon yetakchilik qilmoqda.
— AQSHning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp general Jeyms Mettisni Mudofaa vaziri etib tayinlashga qaror qildi. Bu haqda dastlab OAV xabar bergandi, keyinchalik Trampning o`zi buni tasdiqladi.
— «Progress» kosmik yuk tashuvchisining qismlari qulagan tahminiy hudud ma’lum bo`ldi. Taxminlarga ko`ra ularni Tiva Respublikasi poytaxti Kizil shahridan 80 kilometr uzoqlikdan qidirish kerak.
-Amerikaning ikki kemasi hududdagi xavfsizlikni saqlash maqsadida Suvaysh kanali orqali O`rtayer dengiziga kirdi.
— Rossiya huquq-tartibot idoralari Flip Kirkorovning arizasiga ko`ra tovmachilikda ayblanayotgan fransiyalik musiqachi Dide Maruaniga qarshi jinoiy ish ochmaslikka qaror qilidilar.

ULASHISH