3D calendar standing on desk - November 30 - part of a set

Erta tongda dunyoda yuz bergan voqealarning qisqacha tasnifini interfax.ru keltirib o‘tdi:

— «Коммерсант“ning yozishicha videoxostinglar haqida yangi qonun YouTube’ni Riossiyadan chetlashtirishi mumkin. Mediakommunikatsiya kengashi huquqiy bo‘limining fikricha bunday tuzatishlar raqobatni kamaytirish va alohida manfaatlarga xizmat qilish uchun shunday qarorga kelingan. «Gazprom-media” va «STS Media” bu qonunning tashabbuskori bo‘lishgan.

— Kubada Fidel Kastro bilan vidolashish marosimlari davom etmoqda. Tunda Gavanadagi Inqilob (Revolution) maydonida million kishilik miting bo‘lib o‘tdi. Mitingda Raul Kastro va 50 xorijiy davlatlar delegatsiyalari ham ishtirok etdi.

— Moskvada yangi ob-havo rekordi o‘rnatildi: o‘tgan tun butun kuz davomidagi eng sovuq tun bo‘ldi.

— AQSHda Viskonsin saylov oldi komissiyasi prezidentlik saylovidagi ovozlarni qayta hisoblab chiqish uchun 3,5 million dollar miqdoridagi mablag‘ni oldi. Pullar yashillar partiyasining sobiq nomzodi Jill Stayn tomonidan berildi, uning saylov natijalarini qayta ko‘rib chiqish taklifini Hillari Klinton jamoasi ham ma’qullagani xabar qilindi. Ular Michigan va Pensilvaniya shtatlarida ham ovozlarni qayta hisoblashga erishish niyatidalar.

ULASHISH