NASA ma`lumotlariga ko’ra, 13 noyabrdan 14 noyabrga o’tar kechasi Oy Yerga 1948 yildan beri eng qisqa masofaga yaqinlashadi. Bu holat Superoy deb ataladi va keyingi bunday ajoyib manzarani faqatgina 2034 yildagina kuzatish mumkin bo’ladi.

«Samarkandskiy vestnik» nashri tahririyati Samarqand davlat universiteti fizika fakeltuti astronomiya kafedrasi assissenti Shuhrat Egamberdiyevdan bu tabiiy hodisaga izoh berishni so’radi.

«Ma`lumki, Oy sayyoramiz atrofida ellipssimon orbita bo’ylab harakat qiladi. Oyning sayyoramizga nisbatan yaqinlashishi va uzoqlashishi shu bilan tushuntiriladi. Yakshanbadan (13 noyab) dushanbaga (14 noyabr) o’tar kechasi Oy Yerga maksimal darajada yaqinlashadi, ya`ni perigeyda joylashadi. Bunday hodisa oxirgi marta 1948 yilda kuzatilgandi. Biz samarqandlik astronomlar Sattepoda joylashgan ilmiy-o’quv markazida bu hodisani kuzatmoqchimiz. U yerda kuchli GRUBB-PARSONS teleskopi joylashgan.

Biroq bizning viloyatdagi ko’pchilik odamlar teleskopsiz ham soat 21:50dan 4:15gacha bu noyob hodisaning guvohi bo’lishlari mumkin bo’ladi. Oy tongga yaqin Yerga 351722 km gacha yaqinlashadi. Bu hodisa vaqtida Oy odatdagidan 14 foizga kattaroq va 30 foiz yorqinroq bo’ladi.

Hammani tinchlantirib qo’ya qolay, bu hodisa hech qanday tabiiy o’zgarishlarga olib kelmaydi. Oy 14 noyabrdan yana bizdan olislasha boshlaydi», deb tushuntirdi mutaxassis.

ULASHISH