Xonanda Ulug‘bek Rahmatullayev 9—13-noyabr kunlari “Istiqlol” san’at saroyida bo‘lib o‘tgan konsert dasturida O‘zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimovni alohida xotirlab o‘tdi. Konsertning xotira qismi Instagram’da e’lon qilingan.

Videolavhada qorong‘u sahnada Islom Karimovning yorug‘ surati namoyish etilgani va O‘zbekiston Birinchi Prezidentidan iqtibos keltirilganini ko‘rish mumkin. Shundan so‘ng Ulug‘bek Rahmatullayev Vatan haqida qo‘shiq kuylagan.

Avvalroq, “Istiqlol” san’at saroyida 1—6-noyabr kunlari konsert bergan xonanda Botir Qodirov ham O‘zbekiston Birinchi Prezidentini alohida yodga olib o‘tgan edi. O‘shanda ham sahnada Islom Karimovning surati namoyish etilib, undan iqtibos keltirilgan.

manba: Daryo.uz
ULASHISH