Rossiyaning Boshqirdiston avtonom respublikasida qor bosgan yo`lda afsonaviy qor odam paydo bo`ldi, buni videoregistrator tasvirga oldi, deb xabar berdi “Nonbox.ru” nashri.

Nima uchun bu mavjudot qor odam deb ataladi? Insonlarga o`xshab ketadigan bunday sirli jonzotni Amerikaning qalin, yam-yashil o`rmonlarida uchratish mumkin. Ammo Rossiyaning sovuq ob-havoli iqlimida ularni aynan qor yoqqanda ko`rish mumkin ekan. Yaqinda u Boshqirdistonda videregistrator tomondan tasvirga olingan.

Bu qiziqarli videorolikni jurnalistlarga Uchali shahrida yashovchi erkak yuborgan. U do`stlari bilan kechqurun tog`dan qaytayotganda, mashinaning oldidan qor odam yugurib o`tgan. U do`stlari bilan mashinadan tushib, sirli mavjudotning izini kuzatgan.

Qor odam videorolikning qirq ettinchi soniyasida paydo bo`lgan. Insonga o`xshab ketadigan maxluq, yo`lni kesib o`tib, o`rmon ichkarisiga yugurgan. Avtomobildagi odamlar qo`rqish o`rniga uni videoga olgan, ularning o`rnida boshqa odam bo`lganida qo`rqqanidan esdan og`ishi mumkin edi.

manba: Darakchi.uz

ULASHISH