Bosh vazirning virtual qabulxonasiga kelib tushgan 216 mingdan ortiq murojaatdan 136 mingdan ortig‘i ko‘rib chiqildi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining virtual qabulxonasiga kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha statistik ma’lumotlarni kuzatib borish imkoniyati joriy etildi. Bu haqda portalning yangiliklar bo‘limida xabar qilindi.

screenshot_2-3-680x247

“Portal orqali yuborilgan va ko‘rib chiqilgan murojaatlar soni bilan bevosita grafiklar orqali tanishib borishingiz mumkin. Statistik ma’lumotlarning yangilanish davriyligi 12 soatni tashkil etadi (soat 12:00 va 24:00 da)”, — deyiladi xabarnomada.

Ayni paytda portalning bosh sahifasida hisoblagich o‘rnatilgan bo‘lib, u kelib tushgan hamda ko‘rib chiqilgan murojaatlar sonini ko‘rsatadi. 2016-yil 28-noyabr soat 22:00 holatiga ko‘ra kelib tushgan jami murojaatlar soni 216974 tani, ko‘rib chiqilganlari esa 136277 tani tashkil etadi.

screenshot_1-14-314x400

ULASHISH