Bollivud qiroli hisoblanmish Shohruhxon «Viy 3» kartinasi ustida olib borilayotgan suratga olish ishlarida ishtirok etadi. Film byudjyeti 40 mln dollarni tashkil etgan.

Bu haqda film prodyuseri Aleksey Petruxin ma`lumotiga asoslanib, TASS xabar bermoqda.

«Hindistonga sayohat: boqiylik ostonasida» yoki «Viy 3» filmi nomi bilan mashhur film loyihasi yangi hamkor bilan boyidi. Bu — kino olamining taniqli yulduzi Shohruhxondir. U ham aktyor, ham prodyuser sifatida qatnashadi. Ranbir Kapur ham avval xabar qilinganidek, filmda ishtirok etishni davom ettiradi», — dedi Petruxin.

Oleg Stepchenkoning «Viy 3» filmi Nikolay Gogolning shu nomdagi hikoyasi asosida ishlangan. U Rossiyada 2014 yilning eng kassabop filmi bo’lgan. Ayni damda «Viy-2. Xitoyga sayohat” kartinasi ustida ish ketmoqda, dedi agentlik suhbatdoshi.

manba: Kun.uz

ULASHISH