Nokia kompaniyasi Barselonadagi Mobile World Congress (MWC) konferensiyasi doirasida yangi smartfonni taqdim etishga tayyorlanmoqda, deb yozadiGazeta.ru”.

Qurilma Carl Zeiss obyektivi va Qualcomm Snapdragon 820 protsessoriga ega bo‘ldi. U, shuningdek, suv va changdan himoya qilingan metall korpus bilan jihozlanadi.

Smartfon 5,2 va 5,5 dyuym diagonalli ikki xil variantda chiqariladi. Devays Android operatsion tizimi boshqaruvida ishlaydi.

Flagmanlarni ishlab chiqarish bilan HMD Global korporatsiyasi shug‘ullanadi.

manba: Daryo.uz

ULASHISH