Boks bo‘yicha superog‘ir vazn toifasida WBA va WBO versiyalari bo‘yicha sobiq jahon chempioni britaniyalik Tayson Fyuri navbatdagi ahmoqona izohlari bilan ommaning e’tiborini o‘ziga jalb qilishni boshladi, deb xabar bermoqdaKorrespondent.net”.

Doping namunasiga kokain moddasi topilganidan so‘ng, Fyuri bokschilik litsenziyasi va barcha chempionlik kamarlaridan mahrum etilgandi. Bekorchilikdan zerikib qolgan sportchi AQSh prezidenti saylovida g‘alaba qozongan Donald Trampga o‘z xizmatlarini taklif qilib, shu yo‘l orqali ommaning e’tiborini o‘ziga jalb qildi.

“Kim biladi deysiz, yaqin orada men yangi bosh vazir bo‘larman. Tramp uddalagan bo‘lsa, men ham bu ishni bajara olaman”, – deb yozdi Fyuri Twitter’dagi sahifasiga.

“Agar Donald yangi yordamchi izlayotgan bo‘lsa, men tayyorman. Aynan men unga kerak bo‘lgan insonman”, – deb yana bir izoh qoldirdi bokschi.

manba: Daryo.uz

ULASHISH