Taniqli bokschi va sobiq jahon chempioni britaniyalik Devid Xey Butunjahon boks kengashi (WBC) versiyasi bo‘yicha jahon chempioni Toni Belyuga qarshi ringga ko‘tariladi. Bu haqda Belyu jamoasi vakillari “TASS”ga ma’lum qildi.

“Jang tasdiqlandi. Bellashuv 4-mart kuni London shahrida bo‘lib o‘tadi”, – dedi “TASS”ning suhbatdoshi.

Ma’lumot uchun, Devid Xey professional ringda 30 ta jang o‘tkazib, 28 tasida (26 tasida nokaut bilan) g‘alaba qozongan va 2 tasida mag‘lubiyatga uchratgan. Toni Belyu bo‘lajak raqibidan 1 ta jang ko‘proq o‘tkazgan. Uning hisobida 28 g‘alaba (18 tasi nokaut bilan), 2 mag‘lubiyat va 1 durang mavjud.

manba: Daryo.uz

ULASHISH