Amerikalik xonanda Bob Dilan Shvetsiya akademiyasiga adabiyot bo‘yicha Nobel mukofotini qabul qilishga roziligini bildirdi. Bu haqda 28-oktabr, juma kuni mazkur xalqaro mukofot saytida ma’lum qilindi, deya xabar beradi “RBK”.

Dilan Shvetsiya akademiyasi doimiy kotibi Sara Danius bilan bog‘lanib, mukofot taqdim etilgani haqidagi xabar uni “tildan qoldirgani”ni bildirgan.

“Mukofotni qabul qilamanmi? Albatta! Menga ko‘rsatilgan bunday e’tibor uchun juda minnatdorman”, — deya ta’kidladi xonanda.

Dilan 10-dekabr kuni Stokgolmda bo‘lib o‘tadigan taqdirlash marosimida ishtirok etishi hozircha ma’lum emas. Uning o‘zi “buning imkoni tug‘ilsa, marosimda qatnashish istagida ekanligi”ni ma’lum qilgan.

manba: Daryo.uz

ULASHISH