BMT bosh kotibi Pan Gi Mun Pokiston janubidagi Bobo Shoh Nuroniy masjidida sodir etilgan teraktni qoraladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

“Bosh kotib Pokistonning Belujiston viloyatida dindorlarga qarshi uyushtirilgan terrorchilik harakatini qoralaydi. Qurbonlarning oilalari, mamlakat hukumati va xalqiga hamdardlik bildiradi. Rasmiylar mazkur hujum uchun javobgar shaxslarni tez orada qo‘lga olishiga umid bildirdi”, — deyiladi xalqaro tashkilot tarqatgan kommyunikeda.

Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, ibodatxonada sodir etilgan terakt oqibatida kamida 52 kishi halok bo‘ldi, 100 dan ortiq kishi yaralandi. Portlash chog‘ida binoda 500-600 kishi bo‘lgani bildirilmoqda. Pokiston matbuoti ma’lumotlariga ko‘ra, 14 yoshli o‘smir o‘zini portlatib yuborgan.

manba: Daryo.uz

ULASHISH