-Biz turgan xonaga yaxshilab nazar sol va jigarrangdagi buyumlarni eslab qolishga harakat qil.
Xonada jigarrang buyumlar ko‘pedi, do‘sti bu vazifani osonlik bilan bajardi. Lekin donishmand xitoylik unga ikkinchi savolni berdi:

-Endi ko‘zingni yumib, ko‘k rangdagi buyumlani sana.
Do‘sti sarosimaga tushib, jahli chiqdi:

-Men hech qanday ko‘k rangdagi buyumlarni payqamadim, axir men faqat jigarrang buyumlarni eslab qoldim.
bunga donishmand odam shunday deya javob berdi:

-Ko‘zingni och, qara, xonada ko‘k rangdagi buyumlar juda ham ko‘p.
Haqiqatan ham shunday edi.

Donishmand gapirishda davom etdi:

-Agar sen xonada faqat jigarrang buyumlarni qidirsang, hayotda esa yomonliklarni qidirasan, faqat ularni ko‘rasan va payqaysan. Ular ham seni eslab qolishadi va hayotingda ishtirok etishadi. Shuni esda tutgin: agar sen yomonlikni qidirsang, albatta uni topasan va yaxshi narsani payqamaysan.

ULASHISH