Er-xotin Klintonlarga yaqin manbalarning xabar berishicha, AQShdagi prezident saylovi natijalari e`lon qilinishiga bir necha kun qolganda Bill rafiqasi Xillariga shunday jahl qildiki, g`azabdan xotini bilan gaplashgan telefon apparatini derazadan uloqtirib yubordi, deb xabar beradiVesti”. 

AQShning sobiq prezidenti rafiqasini saylovlarda mag`lub bo`lganlikda ayblamoqda.
“Billning shu qadar jahli chiqdiki, Arkanzas shtati Litl-Roke shahridagi qasri derazasidan telefonini uloqtirib yubordi. Men uning yuragi huruj qilishidan qo`rqib ketdim”, — deb hikoya qiladi AQShning sobiq prezidenti bilan birga ishlovchi xodim.
Ismi oshkor qilinmayotgan manbaning aytishicha, Bill Klinton Xillari va tarafdorlari uning so`zlariga quloq solmaganidan va oqibatda rafiqasining saylovda mag`lubiyatga uchraganidan g`azablangan.

Bill Klinton rafiqasiga saylovoldi dasturida amerikaliklar hayotini yaxshilash va iqtisodiy muammolarni hal etishga urg`u berishni maslahat bergan. Xillari esa saylovoldi kampaniyasi doirasida Tramping kirdikorlarini ochishga uringan. Natijada saylovda g`alaba qozona olmagan.
Xillari Klinton o`z navbatida saylovda g`alaba qozona olmaganida FQB boshlig`i Jeyms Komini ayblamoqda. U saylovga bir necha kun qolganida Xillarining xizmat doirasidagi yozishmalarini tadqiq qilgan edi.

Avvalroq xorijiy OAVlarda Bill va Xillari Klintonlarning ajrashishi to`g`risidagi xabarlar paydo bo`lgan edi.

manba: Darakchi.uz

ULASHISH