Ispaniya Kubogining 1/16 finalida quyi liga vakili “Leonesa” bilan to‘qnash kelgan Madridning “Real” klubi 7:1 hisobida zafar quchdi.

Zidan bellashuvda asosiy futbolchilarga dam berishga qaror qildi. Unda Asensio hamda Morata dubl qayd etdi, Nacho hamda Mariano 1 ta golga mualliflik qildi. Yana bitta aniq zarba mezbonlar himoyachisiga tegishli bo‘lib, qaydnomaga avtogol sifatida yozildi.

Ispaniya Kubogi
1/16 final
26-oktabr, chorshanba

“Kultural Leonesa” — “Real Madrid” 1:7

Gollar: Zyoyverlon, 6-avt (0:1). Asensio, 32 (0:2). Morata, 46 (0:3). Asensio, 53 (0:4). Morata, 55 (0:5). Nacho, 68 (0:6). Martines, 84 (1:6). Mariano, 90+2 (1:7).

“Erkules” — “Barselona”
“Alkorkon” — “Espanyol”
“Betis” — “Deportivo”
“Valyadolid” — “Real Sosyedad”
“Gixuelo” — “Atletiko”
“Granada” — “Osasuna”
“Kordoba” — “Malaga”
“Leganes” — “Valensiya”
“Rasing” — “Atletik”
“Sporting” — “Eybar”
“Toledo” — “Vilyarreal”
“Mursiya” — “Selta”
“Ueska” — “Las-Palmas”
“Formentera” — “Sevilya”
“Ximnastik” — “Alaves”

manba: Daryo.uz

ULASHISH