Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Minskdagi jome` masjidining ochilishi marosimida barcha dinlarga birdek hurmat bilan qarashi ramzi sifatida Qur`oni karimni o’pganini ma`lum qilgan. Bu haqda «Interfaks» axborot agentligi xabar bermoqda.  

«Menga Qur`onni o’pganim uchun tanqid qilinayotganimni ma`lum qilishdi. Biz Erdo’g’an bilan masjid ochilishida bo’ldik. Unga Qur`on sovg’a qilishganda, u Qur`onni o’pdi. Menga ham xuddi shunday Qur`on berishganda nima qilishim kerak edi? Men ham Erdo’g’anning ishini takrorladim «, deb aytmoqda Lukashenko.

Lukashenkoning aytishicha, Belarusda musulmon, katolik va pravoslavlar orasida havas qilsa arzigudek munosabatlar o’rnatilgan, mamlakat qonunchiligida esa barcha din vakillari uchun birdek huquqlar ko’zda tutilgan.

«Men prezidentman va mening davlatimda ko’p minglab musulmonlar yashaydi. Men ular uchun ham prezidentman. Va ular hech qachon hech qanday muammolar yaratmaganlar», deb qo’shimcha qildi Lukashenko.

manba: Kun.uz

ULASHISH