Taom va yeguliklarga eng ko`p ishlatadigan mahsulotimiz bu kartoshkadir. Undan foydalanayotganda esa ayrim oddiy qoidalarga amal qilsak, bas!

•  Kartoshka qaynatayotganda suvga 2-3 bo`lak sarimsoqpiyoz, piyoz yoki ozgina shivit qo`shsangiz, ta`mi yanada shirin bo`ladi.
•  Kartoshka tez pishishi uchun suvga 1 osh qoshiq margarin qo`shing.
•  Agar eski kartoshkalarni qaynatmoqchi bo`lsangiz, suvga sirka qo`shish foydali.
•  Yangi kartoshkalar oson tozalanishi uchun ularni sovuq suvda yuving.
•  Kartoshkalarni baland olovda qovurish ularning miqdorini kamaytiradi. Yaxshisi, yaxshilab suvini silqitib, biroz qurigach, o`rtacha olovda qovuring. Shunda sabzavotlar qizarib pishadi.
•  Kartoshka bo`tqasiga qaynoq sut qo`shish lozim. Agar sovuq sut qo`shsangiz, yegulik rangi xiralashadi.
•  Kartoshkalarni archgach, ulardan tezda foydalaning. Bo`lmasa, qorayib qoladi. Agar kartoshkalarni avvaldan tayyorlab qo`yishingiz kerak bo`lsa, sellofan paketga o`rab, havo kirmasligi uchun og`zini mahkamlang.

Kartoshkalarni uzoq muddat saqlamoqchi bo`lsangiz, qopga olma mevasi qoqisidan solib qo`ying. Shunda sabzavot ildiz otib ketmaydi.

manba: Darakchi.uz

ULASHISH