O‘zbekistonlik xonandalardan birining behayo suratlari milliy shou-biznesni yoritib borishga ixtisoslashgan jurnalistlarga tarqatildi. Bu haqda “Sayyod.com” sayti Instagram’dagi sahifasida xabar bergan.

Dastlab nashr ismi oshkor etilmagan bir xonandaning behayo suratlari tarqalayotgani, xonandaning o‘zi: “Mening bunday suratlarim hech qachon tarqalmaydi, deb o‘ylardim”, qabilida fikr bildirganini e’lon qilib, tez orada batafsil surishtiruv berilishini ma’lum qilgan.

Biroz fursat o‘tganidan so‘ng, sayt bu haqda batafsil axborot berish fikridan qaytgani, kimdir ismi oshkor etilmagan xonandaga qasd qilib, uning behayo suratlarini OAV xodimlariga tarqatayotgani taxmin etilayotgani haqida yozib chiqqan.

“Ayni damda ushbu holat yuzasidan haqiqatni bildirish uchun u xonanda ‘O‘zbeknavo’ga tushuntirish xati bilan murojaat qilmoqda”, — deyiladi “Sayyod.com”ning Instagram’dagi sahifasida.

O‘zbek shou-biznesida faoliyat olib borayotgan xonandalarning behayo yo nomaqbul suratlari tarqalishi holatlari avval ham kuzatilgan.

ULASHISH