Monreal Universitetidagi klinik shifoxona olimlari semizlikning bedavo shakli sabablarini aniqlashdi. Ma`lum bo’lishicha, gipotalamus neyronlaridagi ABHD6 fermentining nofaolligi ortiqcha vazn bilan kurashishda parhez va mashqlarning foydasini yo’qqa chiqaradi. Fiziologlar bu mavzuga oid xulosalarini Cell Reports jurnalida chop etilgan maqolada taqdim etishgan.

Tadqiqotchilar mutant genli genetik jihatdan o’zgartirilgan sichqonlarni aniqlashdi.  ABHD6 oqsili gipotalamusda joylashgan neyronlar guruhi —organizmning gormonal faoliyatini boshqaruvchi  bosh miya tuzilmasida faoldir.

Bu sichqonlar to’g’ri hayot tarzi va oziqlanish sharoitida odatiy jonivorlardan farq qilmaydi. Biroq ular sovuq ta`sirida tananing doimiy haroratini saqlay olmaydi, shu bilan birga yog’ miqdori yuqori bo’lgan ozuqani iste`mol qilganda semizlikka moyil bo’ladi. Shunisi e`tiborga loyiqki, ular odatiy parhezga o’tganida ham vazn yo’qotmaydi.

Olimlarning fikricha, xuddi shunday mexanizm inson organizmida ham mavjud. Ushbu taxminni isbotlash uchun bundan keyin ham tadqiqotlarni davom ettirish zarur, biroq mutaxassislarning ishonch bilan bildirishicha, ortiqcha vazndan xalos bo’la olmaydigan kishilarda ABHD6’ga bog’liq muammolar mavjud.

manba: Kun.uz

ULASHISH