Bayram makiyajida yaltiroq zarralardan foydalanamiz

Bir necha yil oldin yaltiratuvchi va yaltiroq zarralar bo‘lgan makiyajdan faqat to‘y-hashamlardagina foydalanilgan. Bugungi kunda yaltiroq zarralar — ko‘plab foydalanish usullari o‘ylab topilgan kosmetik mahsulotlardan biridir. Glitter (dekorativ yaltiroq zarralar)larni har kuni qo‘llash oson va yoqimlidir: yuvib ketkazishni hisobga olmaganda , uni surish juda oson. Bu Yangi yil oqshomi va boshqa tantanali kechalar uchun eng yaxshi variant.

%d0%b3%d1%83%d0%b1%d1%8b-%d0%b3%d0%bb%d0%b8%d1%82%d1%82%d0%b5%d1%80-680x285

 

Aktual pardoz-andozda lablarga yaltiroq zarralar surish maqsadga muvofiqdir. Lab yuzasini to‘liq glitter bilan to‘ldirish shart emas. Shuni esda tutingki, glitter har xil usulda suriladigan boshqa lab bo‘yoqlari bilan ham uyg‘un bo‘la oladi: lab bo‘yog‘i glitterdan to‘qroq yoki ochroq rangda bo‘lishi mumkin, tillarang va kumushrang zarralar esa eng universal hisoblanadi.

Iloji boricha mayda kukunli glitterni va yaltiroq zarralar oson yopishadigan quyuq lab bo‘yog‘ini tanlang: va siz o‘sha bejirim qatlamga erishasiz.

Aytishadiki, yaltiroq zarralar — ko‘z ostidagi salqigan terining eng yaxshi korrektori, bu gapda ham jon bor, lekin buning boshqa yo‘llari ham bor. Eng tez va oddiy usullaridan biri chiziqchalardir. Yaltiroq podvodka yordamida shinam chiziqlar torting va qiyofangizga yana bir joziba qo‘shing.

%d0%b3%d0%bb%d0%b0%d0%b7%d0%b0-%d0%b3%d0%bb%d0%b8%d1%82%d1%82%d0%b5%d1%80-680x272

 

O‘tgan yilidan boshlab soch turmaklariga yaltiroq zarralar sepish urf bo‘la boshlagan edi. Xohlasangiz siz ham buni tajribada sinab ko‘rishingiz mumkin. Buning uchun: sochingizni silliq qilib taraysiz va farqlar ochib bo‘laklarga ajratasiz, to‘g‘rilaysiz va biroz muss yoki sochlarni turmaklashda ishlatiladigan vosk surasiz. Keyin yaltiroq zarralarni ishga solasiz va ajoyib soch turmagi tayyor!

Har xil laklar va spreylardan uzoqroq turganingiz ma’qulroq, sababi, bularni purkash yordamida sochlarni qalinlashtirishda yetarlicha natijaga erishish qiyin, aksincha yoqimsiz holatni boshdan kechirish oson. Minimalizm ruhi ostida glitter yordamida ham alohida soch bo‘laklarini ehtiyotkorlik bilan ajratib olish mumkin.

%d0%b2%d0%be%d0%bb%d0%be%d1%81%d1%8b-%d0%b3%d0%bb%d0%b8%d1%82%d1%82%d0%b5%d1%80-680x343

 

Manikyur san’atida yaltiroq zarralardan anchadan beri foydalaniladi. Hammadan yorqinroq bo‘lishni xohlaysizmi? “Oynali” manikyur qilib ko‘ring yoki har kuni suradigan kul rang qoplama ustidan yaltiroq zarrali lakdan bir-ikki qavat surib ko‘ring.

Sinab ko‘ring va har qanday bayram kechasidagi eng yorqin qiz bo‘ling!

manba: Daryo.uz

ULASHISH