Barselona kosmik instituti matematigi Fergus Simpson XXI asrning istalgan yilida insoniyatning yo‘qolib ketish ehtimoli 0,2 % ga teng ekanligini hisoblab chiqdi.

Matematikning hisob-kitobi dunyo oxiri haqidagi teoremaga asoslanadi (Doomsday argument), — deb yozadi The Independantga asoslanib dayoline.ru. Bu nazariya shu kungacha yashab o‘tgan insonlar soni asosida qiyomatga qadar yana qancha inson tug‘ilishini hisoblab chiqish imkonini beradi. Bu nazariya insoniyat abadiy yashashi mumkinligini ham rad etmaydi.

Simpsonning hisob-kitobiga ko‘ra, bugungi kunga qadar 100 milliard odam tug‘ilgan va insoniyat yo‘qolib ketguniga qadar, kelajakda yana shuncha odam tug‘iladi. Odam bolasining XXI asr oxiriga qadar yashab qolish ehtimoli 87% ni tashkil qiladi.

ULASHISH