“Barselona” yulduzlari bilan jilmayib rasmga tushgan Jastin Biber “Real” sardori bilan suratda ma’yus ko‘rindi

Ispaniyada konsert berayotgan kanadalik mashhur xonanda Jastin Biber bo‘sh vaqtida Kataloniyaning “Barselona” jamoasi futbolchilari bilan uchrashib, mashg‘ulot o‘tagani hamda ular bilan suratga tushgani haqida xabar berilgandi.

fcbarcelona_1

Ispaniyadagi turnesi davomida xonanda Madrid shahrida ham konsert berishni rejalashtirgan va u yerga yo‘l olgan. Madriddagi chiqishidan so‘ng Biber “Real” sardori Serxio Ramos bilan uchrashdi.

segioramos-582x600

Ispaniyalik himoyachi Jastin Biber bilan tushgan suratini Twitter’dagi sahifasiga yukladi. Ramos bilan suratda Biber “Barselona” yulduzlari bilan tushgan suratidan ancha ma’yus ko‘rindi. Bunga jamoalarning bir-biriga prinsipial raqib bo‘lgani va Biber “Barselona”ga ko‘proq muxlislik qilishi mumkinligi taxmin qilindi.

fcbarcelona-2

Boshqa taxminlarga ko‘ra, Ramos bilan suratda xonandaning konsert dasturidan keyingi charchoq alomatlari sezilgan.

manba: Daryo.uz

ULASHISH