Kataloniyaning «Barselona» klubi sobiq prezidenti Joan Laporta o’z vaqtida Krishitianu Ronalduni sotib olishi mumkin bo’lgani haqida gapirdi.

«O’sha paytlari biz Ronaldino, Rafael Markes va Rikardo Kuarejma bilan shartnoma imzolashga ulgurgandik. Biz jamoani qayta qurish davrida ekan. O’shanda «Sporting» bilan muzokaralar o’tkazgani borganman. U «MYu»ga o’tishidan oldin uning agenti — bizga Deku sotib olishda ko’maklashgan agent bilan gaplashganman.

Biz Dekuni sotib olishga imkoniyatimiz yo’qligini aytganimizda u menga aytgandi: Menda yana bir yigit bor — Ronaldu. Shunda biz unga 17 million yevro taklif qilganmiz, ammo «MYu» 19 million yevro taklif qilgan va uni ilib ketgan», – degan Laporta.

ULASHISH