«Barselona» braziliyalik hujumchisi Neymar bilan shartnoma uzaytirilgani haqida rasman ma`lum qildi.

24 yoshli futbolchi bilan kataloniyaliklar klubining yangi shartnomasi 2021 yilga qadar mo’ljallangan.

«Barselona»ga kelganidan keyingi faoliyati davomida Neymar jamoa uchun 149 uchrashuv o’tkazib, 90 gol urdi hamda 9 sovrin yutdi: Ispaniya chempionligi (2 marta), Qirol Kubogi (2 marta), Chempionlar ligasi, UEFA Superkubogi, Ispaniya Superkubogi (2 martadan) va klublar o’rtasidagi jahon chempionati.

manba: Kun.uz

ULASHISH