Ispaniyaning “Barselona” futbol klubi rahbariyati ancha vaqtdan buyon jamoa yetakchisi Lionel Messi bilan amaldagi shartnomasini uzaytirish borasida bosh qotirmoqda, deb xabar qiladi “Chempionat”.

Kataloniyaliklar rahbariyati argentinalik futbolchi 2018-yilning 30-iyunida yakuniga yetadigan shartnomasini uzaytirishga rozi bo‘lishiga 100 foiz ishonch bildirmayapti. Shu sababli, Messining “Barselona”da qolishi uchun sabab bo‘la oladigan qadriyatlar haqida o‘ylanib qoldi.

“Barselona” rahbariyati 29 yoshli hujumchi kelajagi borasida o‘zi qaror qabul qilishini, shu bilan birga esa qaror Ispaniya grandi foydasiga hal bo‘lishini xohlayapti.

Natijada “ko‘k-anor ranglilar” rahbariyati Messiga sovrinlarni kafolat qilib, uning atrofida argentinalik o‘zini qulay his qiladigan insonlar bo‘lishi kerak, degan xulosaga keldi.

Lionel Messi kataloniyaliklar bilan yangi shartnomasida o‘zining birinchi klubi – “Nyuellz Old Boyz”ga ketish imkonini beruvchi bandning kiritilishini istayotgani haqida xabar berilgandi.

manba: Daryo.uz

ULASHISH