Futbol bo‘yicha Ispaniya Kubogining 1/16 finali doirasida “Erkules” mehmoni bo‘lgan Kataloniyaning “Barselona” klubi 1:1 hisobiga imzo chekdi.

La Ligada asosiy raqobatchisi “Real”dan 6 ochkoga ortda qolayotgan “Barselona” 3-dekabr kuni “El-Klasiko”da ishtirok etadi. Shundan kelib chiqib bosh murabbiy Luis Enrike “Erkules”ga qarshi zaxira futbolchilari bilan harakat qildi. Bellashuvda Xerard Pike, Xavyer Maskerano, Andres Inyesta, Hordi Alba, Lionel Messi, Luis Suares, Neymar kabi futbolchilar ishtirok etmadi.

Madridning “Atletiko” klubi esa 1/16 finalni “Gixuelo” klubiga qarshi o‘tkazib, javobsiz 6 ta gol urdi.

“Vilyarreal” futbolchilari “Toledo” maydonidan 3:0 hisobidagi g‘alaba bilan qaytgan bo‘lsa, “Sevilya” “Formentera”ni 5:1 hisobi bilan yengdi.

Ma’lumot uchun, Madridning “Real” klubi “Leonesa”ni 7:1, 6:1 hisoblarida mag‘lub etib, nimchorak final chiptasini qo‘lga kiritib bo‘lgan. Ikkinchi bellashuvda bosh murabbiy Zinedin Zidanning o‘g‘li Enso Zidan ikkinchi bo‘limda maydonga tushib, o‘z hisobiga 1 ta gol yozib qo‘ygan.

Ispaniya Kubogi
1/16 final
30-noyabr, chorshanba

“Real Madrid” — “Leonesa” 6:1

Gollar: Mariano Dias, 1 (1:0). Xames Rodriges, 23 (2:0). Mariano Dias, 42 (3:0). Yeray, 45 (3:1). Enso Zidan, 63 (4:1). Mariano Dias, 87 (5:1). Morgado, 90-avt (6:1).

“Erkules” — “Barselona” 1:1

Gollar: Mayns, 52 (1:0). Alenya, 57 (1:1).

“Gixuelo” — “Atletiko” 0:6

Gollar: Saul, 29-pen (0:1). Shime Vrsalko, 45 (0:2). Yannik Karrasko, 49 (0:3). Yannik Karrasko, 53 (0:4). Anxel Korrea, 57 (0:5). Nunes, 85 (0:6).

“Leganes” — “Valensiya” 1:3

Gollar: Munir El-Xaddadi, 3 (0:1). Alvaro Medran, 25 (0:2). Darvin Machis, 59 (1:2). Zakariya Bakkali, 90+1 (1:3).

“Toledo” — “Vilyarreal” 0:3

Gollar: Ximenes, 15-avt (0:1). Sedrik Bakambyu, 20 (0:2). Samuel Kastilyexo, 81 (0:3).

“Formentera” — “Sevilya” 1:5

Gollar: Vissam Ben-Yedder, 1-pen (0:1). Xoakin Korrea, 15 (0:2). Gomes, 26 (1:2). Xoakin Korrea, 29 (1:3). Xoakin Korrea, 43 (1:4). Vissam Ben-Yedder, 74-pen (1:5).

manba: Daryo.uz

ULASHISH