Rejissor Bahrom Yoqubovning “Boyvachcha kuyov” nomli kinokomediyasi oktabrning uchinchi haftasida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmi bo‘ldi. Bu haqda, Alisher Navoiy nomidagi kinosaroy tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga asoslanib, jurnalist Feruz Muhammad ma’lum qildi.

 

Undan keyingi o‘rinlarni Azamat Ahrorovning “Notanish qotil”, Sherzod Binning “Qaysar oshiqlar”, Naufal Sulaymonovning “Aldagani quda yaxshi”, va Qutlimurod Yakubovning “Kutilmaganda buzilgan to‘y” filmlari egallagan.

Ma’lumot uchun, Alisher Navoiy nomli kinosaroyda hozirda “Notanish qotil”, “Qaysar oshiqlar”, “Aldagani quda yaxshi”, “Kutilmaganda buzilgan to‘y”, “Boyvachcha kuyov” , “Toliqqan ko‘ngillar oyga talpinar” kabi filmlar namoyishi davom etmoqda. Namoyishlar jadvali bilan “Daryo.Afisha”da tanishishingiz mumkin.

17—23-oktabr oralig‘ida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmlari

1-o‘rin. “Boyvachcha kuyov” (komediya)
Rejissor — Bahrom Yoqubov

2-o‘rin. “Notanish qotil” (jangari)
Rejissor — Azamat Ahrorov.

3-o‘rin. “Qaysar oshiqlar” (komediya)
Rejissor — Sherzod Bin.

4-o‘rin. “Aldagani quda yaxshi” (komediya)
Rejissor — Naufal Sulaymonov.

5-o‘rin. “Kutilmaganda buzilgan to‘y” (komediya)
Rejissor Qutlimurod Yakubov

manba: Daryo.uz

ULASHISH