Rejissor Bahrom Yoqubovning “Boyvachcha kuyov” nomli kinokomediyasi ketma-ket oltinchi hafta eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmi bo‘ldi. Bu haqda, Alisher Navoiy nomidagi kinosaroy tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga asoslanib, jurnalist Feruz Muhammad ma’lum qildi.

“Boyvachcha kuyov” noyabrning ketma-ket to‘rtinchi haftasida kassa yig‘imlari bo‘yicha peshqadam bo‘ldi. Namoyishi 14-oktabrdan boshlangan film oktabrning so‘nggi ikki haftasida ham tomoshabin to‘plash bo‘yicha birinchi bo‘lgan edi.

Noyabrning so‘nggi haftasi kinoreytingida “Boyvachcha kuyov”dan keyingi o‘rinlarni Azamat Ahrorovning “Notanish qotil”, Sherzod Binning “Qaysar oshiqlar”, Suhrob Hasanovning “Boy bo‘lma, saxiy bo‘l”, Naufal Sulaymonovning “Aldagani quda yaxshi” filmlari band etgan.

Ma’lumot uchun, hozirda Alisher Navoiy nomli kinosaroyda “Notanish qotil”, “Qaysar oshiqlar”, “Aldagani quda yaxshi”, “Kutilmaganda buzilgan to‘y”, “Boyvachcha kuyov”, “Ishq”, “Boy bo‘lma, saxiy bo‘l” kabi filmlar namoyishi davom etmoqda.

21-noyabr — 27-noyabr oralig‘ida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmlari

1-o‘rin. “Boyvachcha kuyov” (komediya)
Rejissor — Bahrom Yoqubov

2-o‘rin. “Notanish qotil” (jangari)
Rejissor — Azamat Ahrorov

3-o‘rin. “Qaysar oshiqlar” (komediya)
Rejissor — Sherzod Bin

4-o‘rin. “Boy bo‘lma, saxiy bo‘l” (o‘tkir syujetli melodrama)
Rejissor — Suhrob Hasanov

5-o‘rin. “Aldagani quda yaxshi” (komediya)
Rejissor —Naufal Sulaymonov

manba: Daryo.uz

ULASHISH