19 noyabrda Abu-Dabida bo’lib o’tgan auksionda «1» ko’rinishidagi avtomobil raqami 31 mln dirhamga (8,45 mln dollar) sotildi. Ushbu raqamning baxtli egasi mahalliy tadbikor Abdulla Al-Mariy bo’ldi.

2008 yilda Said Al-Xuriy ismli tadbirkor Abu-Dabida «1» raqami uchun 52,2 mln dirham (14,2 mln dollar) to’lagandi. Bu bitim amirlikda avtomobil raqami uchun to’langan qiymat bo’yicha rekord natija bo’lib qolmoqda.

2016 yil oktabrda dubaylik hind tadbirkori Balvinter Saxani Amirlikning transport va yo’llar boshqarmasi o’tkazgan auksionda «D5» raqami uchun 8,9 mln dollar to’lagandi.

Gulf News nashri bilan suhbatda Abu-Dabidagi «eng birinchi raqam» egasi bo’lgan 32 yoshli Abdulla Al-Mariy u bunday auksionlarga tez-tez tashrif buyurib turishini va bu eksklyuziv lot uchun istalgan qiymatdagi pulni to’lashga tayyor bo’lganini aytgan.

Emirates Auction raisi Abdulla Al-Mannay bo’lib o’tgan auksionda avtomobil raqamlari sotilishidan tushgan foyda kutilgandan ortiq bo’lganini va 99 mln dirhamni (26,9 mln dollar) tashkil qilganini ma`lum qildi. Auktsionda shuningdek «7» raqami 13,4 mln dirhamga (3,6 mln dollar), «50» raqami esa 6,8 mln dirhamga (1,85 mln dollar) sotilgan. Bu raqamlar ham mahalliy tadbirkorlarga nasib qilgan.

manba: Kun.uz

ULASHISH