17 nafar avtojurnalist ayollardan iborat hakamlar 2016 yilgi “Butunjahon ayollarining yil avtomobili” tanlovining natijalarini e`lon qildi.

Tanlovda uzunligi 4,7 metr bo’lgan Jaguar F-Pace krossoveri g’alaba qozondi. “Hamyonbop avtomobil” yo’nalishida Honda Jazz eng yaxshi deb topilgan bo’lsa, yangi Honda Civic eng yaxshi “Oilaviy avtomobil” deya e`tirof etildi. “Lyuks avtomobil” borasida Volvo S90, “Ekologik avtomobil”da esa Toyota Prius ko’proq ovoz to’pladi. “Yil sportkari” yo’nalishida Ford Mustang, «Eng istalgan avtomobil» yo’nalishida esa McLaren 570S g’oliblikni qo’lga kiritdi.


Foto: Jaguar Land Rover
“Butunjahon ayollarining yil avtomobili”

Foto: Honda
“Hamyonbop avtomobil”

Foto: Honda
“Oilaviy avtomobil”

Foto: Volvo
“Lyuks avtomobil”

Foto: Toyota
“Ekologik avtomobil”

Foto: Ford
“Yil sportkari”

Foto: McLaren
«Eng istalgan avtomobil»

manba: Kun.uz

ULASHISH