Olimlar ayollar va erkaklarning odam yuziga qarashlaridagi farqni aniqladilar, — deb yozadi gazeta.ru.

Tadqiqotchilar besh hafta mobaynida 500 nafar ko‘ngillining nigohlari yo‘nalishini kuzatdilar. Ularning har biri 15 daqiqa davomida ekrandagi notanish chehrani kuzatishlari kerak edi. Ma’lum bo‘lishicha ayollar asosan yuzning chap qismini o‘rganishar va o‘ng ko‘zdan ko‘ra chap ko‘zga ko‘proq tikilishar ekan. Bundan tashqari ular yuzni erkaklardan ko‘ra ko‘proq vaqt ko‘zdan kechirishgan.

«Biz ishtirokchining jinsini uning yuzni qanday kuzatishiga qarab aytib bera olamiz”, — deydi tadqiqotning yetakchi muallifi, doktor Antuan Kutro. Izlanuvchilar ma’daniy farqlar kuzatilmasligi uchun ishtirokchilarni 60 millat vakillari orasidan tanlab oldilar.

Ushbu ilmiy ish ayollar va erkaklar yuzlarni turli tarzda kuzatishlariga bag‘ishlangan birinchi ish bo‘ldi. Olimlarning fikricha olingan natijalardan autizmdan tortib kino ko‘rish yoki salomatlikka e’tibor berish sohasida olib borilayotgan barcha tadqiqotlarda foydalanish mumkin.

ULASHISH