Futbol bo‘yicha Argentina chempionatining to‘rtinchi divizionida ishtirok etuvchi “Deportivo Merlo” jamoasi a’zosi Emmanuel Franses ayol hakamga qo‘l ko‘targani uchun 22 o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi. Bu haqda, AFP agentligiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.

O‘yin vaqtida futbolchi yon chiziq hakami Mariya Rokko boshining orqa qismiga qo‘li bilan zarba berdi. Ayol hakam futbolchining hujumidan saqlanib qolish uchun tribuna ostidagi xonalardan biriga qochib ketdi.

Mariya Rokko mazkur holat yuzasidan Argentina futbol federatsiyasidan tashqari fuqarolik sudiga ham shikoyat arizasini berdi.

manba: Daryo.uz

ULASHISH