Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta (Drivers.uz)” guruhida “Yoshlar” telekanalidagi “Avtopatrul” ko‘rsatuvidan lavha e’lon qilindi.

Lavhada, jumladan, Toshkentning Shota Rustaveli va Cho‘ponota ko‘chalari kesishmasida svetofor ishlamayotgan vaqtda BMW yo‘ltanlamasi va Lacetti avtomobili ishtirokida yuz bergan yo‘l-transport hodisasini ham ko‘rish mumkin.

Bundan avvalroq YouTube’da “Avtopatrul” ko‘rsatuvidan yozib olingan boshqa lavha e’lon qilingan edi.

Toshkent chorrahalariga o‘rnatilgan kuzatuv kameralari yozib olgan avariyalar jamlanmasi avval ham bir necha bor e’lon qilingan:

2016-yilning yanvarida Toshkentdagi 100 dan ortiq katta chorrahalar videofiksatsiya vositalari bilan ta’minlangani hamda ular sinov tartibida ishga tushgani ma’lum qilingan edi. O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi matbuot xizmati rahbari muovini Mansur Rihsiyevning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, “foto- va videofiksatsiya vositalari orqali aniqlangan qoidabuzarliklarga nisbatan jarimalar qo‘llash amaliyoti to‘liq tartibda ishga tushishidan 10 kun avval bu haqda OAV orqali jamoatchilikka axborot beriladi”.

ULASHISH