Avtomobil haydash vaqtida telefonda gaplashish avtohalokatga uchrash ehtimolini to‘rt barobarga oshiradi. Bu haqda «Москва FM» radiostansiyasi efirida «Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash” jamoat tizimi rahbari Konstantin Kroxmal aytib o‘tdi. Bu haqda m24.ru xabar berdi.

«Telefonda gaplashayotganingizda siz yo‘lni yarim shisha aroq ichgandagi vaqtingizdagi kabi qabul qilasiz. Avtohalokatga uchrash ehtimoli to‘rt barobarga, agar SMS yuborsangiz olti barobarga oshadi” — dedi u. Ekspertning so‘zlariga ko‘ra oxirgi yillarda AQSHda to‘rt mingdan ortiq odam, shu jumladan haydash vaqtida gadjetlardan foydalanganligi sabab bevaqt halok bo‘lgan.

Marokkodagi sotsiologik tadqiqotlar universiteti mutaxassislari aynan, mobil telefonlar yo‘l hodisalarining asosiy sabablaridan biri degan xulosaga keldilar. Ular ma’lumotlariga ko‘ra haydovchilarning 99% har doim bo‘lmasa-da, lekin bari bir haydash vaqtida telefonda gaplashar ekan. Hozirgi kunda telefonda so‘zlashuvlar dunyodagi barcha avtohalokatlarning 24 foiziga sabab bo‘lmoqda.

ULASHISH