Avstraliya fuqarosi ko‘chadagi kafedan uyiga dron orqali sosiska keltirgani uchun 7 ming dollarlik jarimaga tortilishi mumkin, deb yozadi TJournal.

Yigit uyidagi basseynda suzayotib, vaqtichog‘lik qilish niyatida DJI Phantom 4 dronini maktubcha va o‘n dollar bilan supermarket yaqinidagi qahvaxonaga sosiska uchun jo‘natgan.

Uchuvchisiz uchar qurilma 2 kilometrlik masofani muvaffaqiyat bilan bosib o‘tgan va barbekyuda pishirilgan sosiska bilan qaytib kelgan. Ammo bir qancha vaqtdan so‘ng Tim mamlakat hukumati xavfsizlik qoidalarini buzgani uchun ushbu parvozni tekshirayotganidan xabar topdi.

Aybini tan olgan taqdirda, avstraliyalik 9 ming Avstraliya dollari (7 ming AQSh dollari) miqdorida jarimaga tortilishi mumkin.

manba: Daryo.uz

ULASHISH