Avstraliyalik kuchuk pol artish, “pilesos” qilish va rasm chizishni o‘rgandi

Kuchuk emas, haqiqiy orzu! Avstraliyalik iqtidorli kuchukcha o‘z bekasiga uy ishlarida yordam berishi bilan internet tarmog‘ida mashhurlikka erishdi. U xo‘jalik ishlari bilan cheklanib qolmay, balki yana bir qancha ishlarni qila oladi, — deb yozadi lady.mail.ru.

Skiret (kuchukchaning laqabi shunday) kir yuvish, pol artish, changyutgichni ishlatish, uy yig‘ishtirishdan tashqari pianino chaladi, stol tennisi o‘ynaydi, raqsga tushadi va rasm chiza oladi.

photo_2016-11-28_14-53-48

Kuchukcha hali ikki yoshga ham to‘lmagan, shuning uchun uning egasi Meri kelajakda kuchukchada yana ko‘plab qirralarni rivojlantirishi mumkin.

photo_2016-11-28_14-53-41

Meri o‘z kuchukchasi surat va videolarini Instagram sahifasi orqali e’lon qilib boradi. Uning blogiga 13 mingdan ortiq inson obuna bo‘lgan.

ULASHISH