Avstraliyada o‘rta asrlarga oid xitoy haykalchasi ichidan Min sulolasi hukmronligi davridagi banknot topildi. Topilma haqida gazeta.ru xabar berdi.

Banknotni yog‘och haykalcha ichidan uni auksionga tayyorlashayotgan vaqtda topishgan. Undagi yozuvlarga ko‘ra banknot 1371-yilda, Min sulolasining birinchi imperatori Chjo Yuan’chjan hukmronligining uchinchi yilida bosib chiqarilgan. Bundan tashqari banknotda uni qalbakilashtirganlar qatl qilinishi haqidagi yozuv ham bor. Haykalda ma’naviyatning eng yuqori cho‘qqisiga erishgan, biroq Budda darajasiga chiqa olmagan shaxs tasvirlangan. U avvallari oila yoki jamoa ibodatxonasida turgan bo‘lishi kerak, — deydi banknotni topgan auksion direktori Pol Samner. Banknot nashr qilingan vaqtda Xitoydan tashqarida qog‘oz pullar deyarli ishlatilmagan.

Bugungi kunda Min sulolasi davriga oid bir necha banknotgina saqlanib qolgan. Yangi topilgan banknotni haykalcha bilan birga sotishmoqchi, hozircha lot 34.000 AQSh dollariga baholanmoqda.

ULASHISH