Syorfing bo`yicha Avstraliyalik Met Jons avtomobilda yangi sotib olgan iPhone 7 telefonini yoddan chiqarib qoldirdi. Erkak ishda bo`lgan vaqtda yangi smartfon portlab ketdi. Mashg`ulotlardan qaytgach, avstraliyalikning avtomobil salonining yarmi yonib ketganini ko`rgan.

Erkakning so`zlariga ko`ra, avtomobildan quyuq tutun chiqqan. Hodisa oqibatida telefon butunlay erib ketgan. Jons Apple kompaniyasiga tegishli smartfon portlab ketganiga ishonchi komil, sababi salonda boshqa yonadigan narsa bo`lmagan.

Avvalroq Samsung Galaxy Note 7 telefoni bilan shunday holatlar sodir bo`lgani haqida xabar berilgandi. Janubiy Koreya ishlab chiqaruvchisi uni chiqarishni to`xtatdi.

Ekspertlar har qanday quyma-ionli smartfon akkumulyatori qizib ketsa yoki shikastlansa portlab ketishi mumkinligini ma`lum qilishdi.

manba: Darakchi.uz

ULASHISH