Avstraliyada, sudralib yuruvchilar parkidagi shou chog‘ida timsoh o‘rgatuvchisi sevgan qizi qo‘lini so‘radi. Bu haqda parkning Facebook’dagi sahifasida xabar qilindi.

Videodan ma’lum bo‘lishicha, yigitni Billi, qizni esa Shivon deb atashadi. Shouni olib boruvchi juftlik uch yildan beri uchrashayotgani haqida hikoya qilguncha, Billi tayoq uchidagi go‘sht bo‘lagi yordamida suv havzasidan 3 metr keladigan Avstraliya ingichka tumshuqli timsohini qirg‘oqqa chiqardi.

Shundan so‘ng Billi yirtqichga orqasini o‘girib, cho‘ntagidan nikoh uzugi chiqardi va tiz cho‘kib, Shivondan turmushga chiqishini so‘radi. Qiz qaltis tarzda bildirilgan bu taklifga rozilik berdi.

manba: Daryo.uz

ULASHISH