Rossiya Qirg’izistonning strategik sherigi bo’lib qoladi, biroq respublika harbiy sohada o’zining kuchiga tayanishi lozim, deb ma`lum qildi mamlakat prezidenti Almazbek Atambayev yil yakunlariga bag’ishlangan matbuot anjumanida.

«O’ylashimcha, “Gansi” (AQShning Qirg’iziston poytaxti xalqaro aeroportidagi aviabazasi) bazasi bo’yicha barchasini to’g’ri qildik. Bu kimgadir yoqmasligi mumkin. Oradan besh yil o’tdi va vaqt barchasi to’g’ri qilinganini ko’rsatdi. Qirg’iziston kelajakda faqatgina o’z kuchiga tayanishi lozim. Bu Rossiya bazasiga ham tegishli», — dedi Atambayev.

Prezidentning ta`kidlashicha, baza Qirg’iziston hududidan kelishuv muddati yakuniga yetgach “ketishi kerak bo’ladi”.

«Albatta, bu kimgadir yoqmasligi mumkin. Biroq Rossiya prezidenti barchasini to’g’ri tushundi. Meni Atambayev amerika bazasini chiqarib yubordi, ammo rossiyanikini qoldirdi, deb ko’p tanqid qilishmoqda. Ammo Rossiya bilan kelishuv imzolangan. 2016 yilda amaldagi muddat yakunlanadi, shundan so’ng baza yana 49 yilga qolishi va 25 yilga cho’zdirilishi kerak edi. Lekin biz faqatgina 15 yil qoldirdik – 49 va 15», — ta`kidlab o’tdi Atambayev.

Ma`lumot uchun, mamlakat hududida Rossiyaning birlashgan harbiy bazasi joylashtirilgan. Ikki tomonlama kelishuvlarga ko’ra bu yerda to’rtta ob`yekt bor.

manba: Kun.uz

ULASHISH