GM Uzbekistan AJ «Ravon» brendi ostida ishlab chiqariladigan avtomobillarning modellari turkumini kengaytirishda davom etmoqda.

Asaka avtomobil yig`ish zavodida MDH bozorlari uchun mo`ljallangan Ravon R4 modelini seriyali ishlab chiqarish boshlandi xabar qildi korxona matbuot xizmati.

Ushbu rusumdagi mashinalarning birinchi partiyasi Rossiyaga jo`natildi, deya  korxona matbuot xizmati. Yaqin vaqtlardagi rejada boshqa bozorlarga ham avtomobillarni jo`natishni boshlash nazarda tutilgan.

Ravon R4 modeli (mahalliy bozorda — Chevrolet Cobalt) yangi eksterer dizaynga ega bo`lib, 1,5 l B-DOHC dvigatel va yangi avlod avtomat tezlik uzatmalar qutisi bilan ta`minlangan.

ULASHISH