Hollivud yulduzlari Arnold Shvartsenegger va Jeki Chan rossiyalik Oleg Stepchenkoning «Viy» filmi sikvelida suratga tushishadi. Film nomi — «Xitoyga sayohat: Temir niqob siri». Bu haqida film prodyuseri Gleb Fetisovning matbuot xizmati ma`lumotiga asoslanib, RIA «Novosti» xabar berdi

«Shvartsenegger ishtirokidagi s`yomkalar Xitoyda bo’lib o’tmoqda. U bilan birga «Viy-2″ filmida yana bir Hollivud yulduzi Jeki Chan ham suratga tushmoqda», — deyiladi xabarda.

Kartina syujyetiga ko’ra, ingliz sayyohi Jonatan Grin Rossiya imperatori Pyotr I’dan Uzoq Sharq xaritalarini tayyorlashga buyurtma oladi, ushbu vazifani bajarish jarayonida u Xitoyga kelib qoladi.

Bundan avval sikvel yaratuvchilari mazkur filmning xitoy milliy kartinasi bo’lishi haqida aytishgandi.

Rossiya va Xitoy kinoijodkorlari hamkorligidagi «Viy-2: Xitoyga sayohat» filmi premyerasi 2017 yilning boshida bo’lib o’tishi kutilmoqda.

manba: Kun.uz

ULASHISH