Odatda bolalarni darslarga qiziqtirish va ularning e`tiborini to`liq jalb etish murakkab jarayon. Biroq, argentinalik o`qituvchi bu muammoga noodatiy usulda echim topdi, deb yozadi “Adme”. 

O`qituvchi maktab partasiga kuchukchani o`tqazib qo`ydi va o`quvchilarning xulqini butunlay o`zgartirdi.

“Baxtli” laqabli kuchukcha maktab hovlisiga tez-tez kelib turardi. Shunda o`qituvchi tanaffus vaqtida bolalar urish-janjalni va boshqa ishlarni ham unutib, kuchukcha bilan o`ynayotganini sezib qoldi. Shunda u “Baxtli” laqabli kuchukchani sinfga olib kelishga va uning bolalarga qanday ta`sir ko`rsatishiga qiziqdi.  Ma`lum bo`lishicha, bironta ham dars qoldirmagan kuchukchaning sinfda o`tirishi bee`tibor bolalarning xulqiga ta`sir ko`rsatdi. Ular avvalgiga nisbatan ancha e`tiborliroq bo`lib qoldi. O`quvchilar dars paytida faolroq ishtirok eta boshladi. Endilikda bolalar darslarga bajonidil qatnamoqda va bo`lar-bo`lmas narsalarga urishmaydigan bo`ldi.

manba: Darakchi.uz

ULASHISH