Argentina terma jamoasining Braziliyadan uchralgan mag’lubiyati muxlislarning g’azabiga sabab bo’ldi. 

Mahalliy matbuot bergan xabarlarga ko’ra, muxlislar buning uchun jamoa sardori Lionel Messini ayblashmoqda. Muxlislar agar jamoa bosh murabbiyi Edgardo Bausa keyinchalik ham uning do’stlarini termaga chaqirishda davom etsa, Messining terma jamoadan ketishini talab qilib chiqishgan.

Eslatib o’tamiz, oldinroq Messi aynan mana shu kabi tanqidlar va Amerika Kubogi finalida uchralgan mag’lubiyatdan keyin terma jamoadan ketishga qaror qilgandi. Ko’p o’tmay yangi bosh murabbiy uni termaga qaytishga ko’ndirgandi.

ULASHISH